Buxoro

Нажот излаётган Бухороликлар!

Assalom aleykum Hurmatli Adminlar. Men Komilova Nargiza Buxoro shaxrida qurilish faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan "MAKS QURILISH STROY" MCHJ bilan 1-xonali xonadon sotib olish uchun dastlabki shartnomani imzolaganmiz. 2025-yilga kelib dom qurib bitkazildi va fuqarolarga topshirildi. Ammo uylarimizni topshirish jarayonida quruvchi tomonidan bizlardan qo'shimcha shartnomada ko‘rsatilmagan ravishda 12.000.000 so'm pul talab qilindi va ushbu mablag'ni to‘lamasak uyni notarial tartibda nomimizga o‘tkazib bermasligini aytdi. Ushbu mablag'ni nima uchun to‘lashimiz kerak deb quruvchiga savol berganimizda "shotchik va vod puli" deb javob berdi. Shu o'rinda bir savol tug'iladi "vod puli" ya'ni domni foydalanishga qabul qilishgani uchun davlat tashkiloti rahbarlari quruvchilardan pul olishadimi? Nima sababdan fuqarolar shartnomada ko‘rsatilmagan pullarni quruvchiga to‘lashi kerak, buni Prokuror nazorat qilolmaydimi? Eng qizig'i bitta domda 100 ta xonadon mavjud bo‘lsa ushbu noqonuniy pul jamg'armasi qancha bo‘lib ketarkin? Ushbu savollarga Buxorodagi qaysi Rahbar javob beradi? Men 12 million so'm pul mablag'larini Buxoro shahridagi Notarial idorada qurilish firmasi rahbariga topshirganman. Notarial idorani kamerasidagi videotasvirlardan ham yuqoridagi so‘zlarimni tasdig‘i sifatida foydalanishingiz mumkin. Bizni barcha suhbatimiz Notarial idora video kamerasiga qayd qilingan. Bundan tashqari xonadon narxi dastlabki shartnomada 168.000.000 so'mni tashkil qilgan bo'lsada Notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasida Qurilish firmasi rahbari Qlichev Maxmud davlatga to'lanadigan soliqdan qochish maqsadida xonadon narxini 55.000.000 so'm deb sotuvni amalga oshirgan. Yuqoridagilarni inobatga olib Qurilish firmasi rahbariga va Buxoro viloyatidagi Vod puli oluvchi mansabdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rib menga pullarimni qaytarishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Таҳрирсиз чоп этилди.

#Бухоро