
Jinoyat
Buxoroda sifatsiz dori vositalarini sotgan shaxs ushlandi
Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 40 yoshli fuqaro uyida “Imudon”, “Serebrolizin”, “Dofamin”, “Maaloks” kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifatsiz va hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini saqlab kelgani aniqlangan. Shuningdek, uning 63 yoshli sherigi borligi ham aniqlangan. Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.