Buxoro

Taqiqlangan davrda ov qilgan fuqarolar aniqlandi

Ov qilish talablarini buzilishini oldini olish maqsadida Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda… 💬Ammo shunga qaramasdan ov qilish bilan bog’liq huquqbuzarliklar aniqlanmoqda 👮‍♀️Huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Olot tuman inspektorlari tomonidan cho’l hududlarida nazorat reyd tadbirlari olib borildi. Reyd tadbiri davomida, 3 nafar fuqaro ov qilish taqiqlangan davrda noqonuniy ravishda ov qilayotganligi aniqlanib to’xtatildi. 📝Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko’rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, 1-martdan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopilgan. Bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat'iy taqiqlanadi. Unutmang! Ov qoidalarini buzish, xususan, taqiqlangan davrda ov qilish qonunchilikka ko‘ra qat'iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi fuqarolardan ov mavsumi tugagan davrda tabiatga yanada ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlarini so‘raydi.  Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

#Экология