Isitish tizimi - qish mavsumida maktabgacha va maktablardagi eng muhim masala.
Roppa-rosa bir yil avval viloyatda kuzatilgan anomal sovuq, isitish tizimida ro‘y bergan tashvish va muammolar, nosozliklar barobarida barchaga birday noqulaylik tug‘dirgani hech kimga sir emas. Ob-havoning keskin o‘zgarishi va harorat pasayishi qish faslida tabiiy hol. Gap mavsumga tayyorgarlikda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu boisdan, ijtimoiy soha inshootlari qatorida ta’lim muassasalarining qishga tayyorgarligi Vobkent tumanida ham doimiy nazoratga olingan. – Qahratonning qahri qattiqlashishi yaqinlashgan bir pallada mavsumning ko‘ngildagidek o‘tishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chora-tadbirlar ko‘rilayotganligini amalda 1-maktabgacha ta’lim tashkilotida bog‘chadagi qozonxonalarining shayligi, ko‘mir zahiralari, kichkintoylarning mashg‘ulotlar va yotoqxonalarining isitish tizimi, ya’ni batareyalarning isitilishi soz holda keltirilgan. Ayni kunlarda qozonxonalar yoqilgan. Xonalar issiq, elektr energiyasi o‘chgan vaqtda quyosh panellari va qo‘shimcha dvijoklardan foydalinilmoqda. Ko‘mir zahirasi yaratilgan. Bog‘chada oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilingan holda tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Bolajonlarga belgilangan standartlarga muvofiq, sifatli, to‘yimli hamda foydali taomlar tayyorlab berilmoqda.