Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat. Angliya: «MYu» yana g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Liverpul» taqdirga tan berdi
«Vest Hem» – «Liverpul» – 2:2 Gollar: 1:0 – 43 Bouen, 1:1 – 48 Roberson, 1:2 – 65, avtogol Areolya, 2:2 – 77 Antonio. «Vest Hem» – Areolya, Tsoufal, Ogbonna, Zuma, Emerson, Souchek (Uord-Prouz, 74), Lukas Paketa, Alvares, Quddus, Bouen, Antonio. «Liverpul» – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), van Deyk, Kuansa, Roberson, Endo (Nunes, 79), Mak Allister, Gravenberx, Elliott, Dias (Saloh, 79), Gakpo. Ogohlantirishlar: Endo (30), Mak Allister (90+5). Hafta o‘rtasida boy berilgan derbi amalda «Liverpul»ni chempionlik poygasidan chiqarib yuborgandi. Navbatdagi o‘yinning birinchi bo‘limi ham qizillar bunga ko‘nganini ko‘rsatib turdi. Uning mantiqiy yakuni Boeunning goli bo‘ldi, u tanaffus arafasida burchak zarbasidan keyin hisobni ochdi va samaradorlik bo‘yicha klub rekordini takrorladi. Unga qadar «Vest Hem» safida APLning bir mavsumida faqatgin Paulo Di Kanio 16 ta gol urgan. Ammo ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan jarima maydoni markazida paydo bo‘lgan Roberson muvozanatni tikladi. Mehmonlar bosimni kuchaytirishda davom etishdi va bu safar korner Gakpoga muvaffaqiyat keltirdi. Niderlandiyalik hujumchining zarbasidan keyin to‘p Ogbonna, Souchek va Areolya orqali darvoza to‘riga borib tushdi. Fransuz darvozabon o‘yin davomida «bolg‘achilar»ni muntazam ravishda qutqarib turdi, yakunda esa jamoa Antonioning sa’y-harakatlari bilan hisobni yana tenglashtirdi. Yurgen Klopp esa yana omadsizlik haqida gapirishi mumkin: Londondagi o‘yindan keyin «Liverpul» darvoza ustuni yoki to‘siniga yo‘llangan zarbalar soni bo‘yicha top-5 ligalarda yaqqol yetakchi. Shanba kungi o‘yindan keyin bunday zarbalar soni 24 taga yetdi, birinchi bo‘limda Diasning zarbasidan keyin to‘p ustunga tekkandi, o‘yin oxirida esa Elliot to‘sinni nishonga oldi. Zaxiradan maydonga tushishi arafasida murabbiy bilan tortishgan Saloh esa ajoyib qarshi hujumni noaniq pas bilan to‘xtatib qo‘ydi.