Jamiyat

Меҳрибонлик уйи тарбияланувчиси дардини ким эшитади?

Assalom aleykum hurmatli Botir Zaripov! Men Qorakoʻl tumani Yangi turmush MFYda roʻyxatda turaman. Ikki yoshligimda ota onamdan erta yetim qolganman. Bobomni vasiyliklarida katta boʻldim. Hurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tegishli PQ5215-sonli qarorlari asosida tashkil etilgan "Mehr daftari" platformasiga chin yetim sifatida kiritilganman. 2022-yil noyabr oyida turmushga chiqdim. Turmush oʻrtogʻim toʻlov kontrakt asosida texnologiya institutida oʻqiydilar hech qayerda ishlamaydilar koʻchada kunlik ishlar qilib kam koʻstimni toʻldirib yuradilar. Bizni alohida qilib qoʻyishgan. Qishda Buxoro shaharda ijarama ijara yurib ancha sarson boʻldik. Prezidentimizning PQ5216-sonli qarorlari asosida hokimiyatga bir necha marotaba uy-joy va moddiy yordam bilan taminlashlarini soʻrab murojaat qildim lekin umuman foydasi boʻlmayapti topgan gaplari "sen turmushga chiqding endi kuningni oʻzing koʻr davlat senga boqimanda emas hokimiyat balansida senga uy olib berishga ortiqcha pul yoq" deb chiqarib yuborishyapti. Shundan soʻng Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Viloyat hokimligidan Yarashev Mansur ismli shaxs turmush oʻrtogʻimga tel qilib oʻrganish uchun ishchi komissiya tuziladi keyinchalik komissiya xulosasidan keyin hal qilinishi mumkinligi bildiraman deb ham ogʻzaki ham yozma xatlar keldi. Bunaqa javob xatlaridan 3yoki 4ta boʻlib ketdi hammasida bir xil "SIZNI MUROJAATINGIZ BOLALAR BOʻYICHA VILOYAT KOMISSIYASIGA TAQDIM QILINDI HAL QILINISHI MUMKINLIGINI MALUM QILAMIZ" deyilgan. Lekin haligacha viloyat komissiyasini na xulosasi na javob xati va na rasmiy munosabati kelmadi. Yarashev Mansur ismli shaxs erimga tel qilib "INSOFSIZLAR INSOFLARING BORMI VA HOKAZO" deb doʻq poʻpisa qilgan vaqtlari ham boʻldi. Men uni choʻntagidan soʻramadimku Muxtaram prezidentimizning tegishli qarorlari asosida muhtojligim tufayli murojaat qilgan edimku. Yetim inson ham odamku. Ota onam hayot boʻlganlarida bunaqa yalinib yurmas edim. Qorakoʻl tuman hokimligidan Doston ismli shaxs oʻrganish uchun qaynotamni uyiga keldi. Bizni chaqirtirishdi biz shahardan yetib keldik. Shunda bu murojaatingiz biz bilan hal boʻlmaydi SUDGA BERING VIDEOMUROJAAT QILING PREZIDENTGA OLIY MAJLISDA TANISHINGIZ BOʻLSA DEPUTATLIK SOʻROVI YUBORTIRING BIZNI SARSON QILMASDAN deb dalolatnoma qilib ketdi. Menday bir yetimda qayerdan bunaqa tanish bilish. Videomurojaat qilay desam tumanimizni viloyatimizni shaniga putur yetadimi deb qoʻrqaman. Shu yuzasidan hurmatli Botir Zaripov! Sizdan menday bir chin yetimga amaliy va qonuniy yordam berib Prezidentimiz qarorlarini ijrosini taminlashda yordam berishingizni va menga Mehr Daftari platformasi hisobidan yashashim uchun uy joy ajratib berishingizni iltimos qilib qolaman. Umurzoqova (Sayfullayeva) Shaxina Nodir qizi Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidan. Tel 93.455-15-15 94.615-95-04

#Бухоро _Қоракўл