Jamiyat

Xodimlar sonini yashirish mansabdor shaxslarga nisbatan jarima solishga sabab bo‘ladi

✅Ta’kidlash lozim, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining jamiyat va davlat taraqqiyotidagi hissasi ortib bormoqda. Eng asosiysi, ular fuqarolarni ish bilan ta’minlab, oilalar farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Lekin amaldagi qonunchilikka zid ravishda fuqarolarni rasman ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ishlatayotgan ayrim tadbirkorlar ham yo'q emas. Bunday holda norasmiy ravishda ishlayotgan fuqarolarning mehnat huquqlari buzilib, kelajakda pensiya ta’minoti kafolatsiz qolmoqda. Xususan, yaqinda soliq xizmati xodimlari tomonidan Shofirkon tumanidagi “D” savdo majmuasida (korxona nomi shartli ravishda o‘zgartirilgan) 5 nafar xodim nomigagina rasmiylashtirilib, 28 nafar fuqaroning esa norasmiy faoliyat yuritayotgani aniqlandi va ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 📌Eslatib o‘tamiz, xodimlar sonini yashirish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

#DSI