Hamyondamas, poyabzalda: “Olot” chegara bojxona posti orqali 50 ming AQSh dollarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga boʻlgan urinish bartaraf etildi.
Joriy yilning 25-sentyabr sanasida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postiga piyoda sifatida kirib kelgan fuqaro tegishli tartib doirasida bojxona nazoratidan oʻtkaziladi. Dastlab bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida fuqaro 5 000 AQSh dollari hamda 38 mln soʻm miqdorda milliy valyutalarni taqdim etadi. Ushbu naqd pullar qayta hisob kitob qilingan vaqtda esa, 5 000 AQSh dollari deya taqdim etilgan valyutalar aslida, 10 000 AQSh dollari, milliy valyutalar esa,38 mln soʻm emas balki, 61 580 000 soʻm ekanligi aniqlanadi. Mazkur vaziyat esa, fuqaroning bojxona nazoratini chetlab oʻtish maqsadi borligidan dalolat beradi va bojxona xodimlarining gumonlarini yanada oshiradi. Holatga oydinlik kiritish uchun tayinlangan bojxona koʻrigi davomida, fuqaro yana 30 ming AQSh dollarini oyoq kiyimi ostiga va 10 ming AQSh dollarini yon choʻntaklariga berkitib, olib chiqishga uringanligi tasdiqlandi.. Hozirda fuqaroning mazkur xatti-harakati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan boʻlib, jami 50 ming AQSh dollari va 61 580 000 soʻm miqdordagi milliy valyutalar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan. 📌Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmgacha boʻlgan naqd valyuta mablagʻlarini ixtiyoriy tarzda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasidan